
Germaniya chempionatining 19-turidan o‘rin olgan «Kyoln» va «Bavariya» klublari o‘rtasidagi uchrashuvda myunxenliklar 4:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Mehmonlar yarim himoyachisi Tomas Myuller mazkur o‘yinda 2ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning paslaridan so‘ng Robert Levandovski (9-daqiqa) va Koranten Tolisso (25-daqiqa) raqib darvozasini ishg‘ol qilishdi. Shu tariqa, 32 yoshli futbolchining Bundesligadagi assistlari soni 150taga yetdi.
Tomas 2018 yilning avgust oyida "Bavariya" safida debyut qilgandi. Bu davr mobaynida assistentlik borasida Yevropaning top-5 chempionatlari orasida faqat Lionel Messi germaniyalik futbolchidan oldinda. Argentinaalik futbolchi bu vaqt oralig‘ida 180ta golga uzatma bergan.
Pyotr Yan O'Mellining Oq uydagi jang taklifiga SI'da yasalgan surat bilan javob berdi (FOTO)