SportUz.Net

«Manchester Siti» futbolchilari va Ronaldu muxlislar versiyasiga ko‘ra APL ramziy jamoasidan o‘rin olishmadi

10.01.2022 21:31    


Rasmni yuklab olish

"BBC" nashri muxlislarning baholari asosida Agnliya premyer-ligasining joriy mavsumi bo‘yicha ramziy jamoasini tuzib chiqdi. Qaysidir o‘yinchi mazkur jamoaga kirish uchun ushbu mavsumda kamida 9ta o‘yinda ishtirok etgan bo‘lishi kerak.

E’tiborli tomoni, musobaqa peshqadami "Manchester Siti" klubining birorta ham futbolchisi ramziy jamoadan o‘rin olmadi. Shuningdek, ishqibozlar Krishtianu Ronalduni ham mazkur jamoaga munosib topishmadi.

Muxlislarnig bahosi asosida tuzilgan APLning joriy mavsumidagi ramziy jamoasi quyidagicha:

Darvozabon: Aaron Ramsdeyl («Arsenal»).

Himoyachilar: Tarik Lampti («Brayton end Xouv Albion»), Sheyn Daffi («Brayton»), Virjil van Deyk («Liverpul»), Endryu Robertson («Liverpul»).

Yarim himoyachilar: Konor Gallaxer («Kristal Pelas»), Deklan Rays («Vest Xem Yunayted»), N’Golo Kante («Chelsi»).

Hujumchilar: Muhammad Saloh («Liverpul»), Maykl Antonio («Vest Xem»), Kay Xavers («Chelsi»).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: