Xalqaro futbol assosiasiyalari federasiyasi (FIFA) 2021 yilning eng chiroyli goli — Ferens Pushkash sovriniga nomzodlarning qisqartirilgan ro‘yxatini e’lon qildi.
Dastlab kengaytirilgan ro‘yxatdan 11 nafar o‘yinchi o‘rin olgan bo‘lsa, so‘nggi ro‘yxatda 3 nafar futbolchi qoldi. Nomzodlar:
Erik Lamela, «Arsenal» — «Tottenxem» (APL, 14 mart);
Patrik Shik, Chexiya — Shotlandiya (Evro-2020, 14 iyun);
Mehdi Taremiy, «Chelsi» — «Portu» (Chempionlar ligasi, 13 aprel).
Ferens Pushkash sovrini g‘olibi 17 yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan FIFAning yil sovrindorlarini taqdirlash marosimida e’lon qilinadi.
"Senga Jon Jons bilan jang tashkil qilib beraman". Dana Uayt Fyuriga UFCga o'tishni taklif qildi