SportUz.Net

Ronaldudan Mbappegacha. «Globe Soccer Awards»-2021 sovrindorlari ma’lum bo‘ldi

27.12.2021 22:31    


Rasmni yuklab olish

Bugun "Globe Soccer Awards" — 2021 yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Dubay shahrida o‘tkazilgan tadbirda bir qator nominasiyalar bo‘yicha g‘oliblar nomi aniqlandi.

Eng nufuzli hisoblangan "Yilning eng yaxshi murabbiyi" sovrini Roberto Manchiniga nasib etgan bo‘lsa, "Yilning eng yaxshi futbolchisi" sovrini Kilian Mbappega nasib etdi.

Krishtianu Ronalduga "Barcha davrlarning eng yaxshi to‘purari" sovrini, Robert Levandovskiga "Maradona sovrini" topshirildi.

"Globe Soccer Awards"-2021 sovrindorlari:

2021 yilning eng yaxshi darvozaboni - Janluidji Donnaruma

2021 yilning eng yaxshi jamoasi — «Chelsi»

Globe Soccer Innovation — Italiya A seriyasi

2021 yilning eng yaxshi ayollar jamoasi — «Barselona»

2021 yilning eng yaxshi ayol futbolchisi — Aleksiya Putelyas («Barselona»)

2021 yilning eng yaxshi himoyachisi — Leonardo Bonuchchi

2021 yilning eng yaxshi agenti — Federiko Patorello

 2021 yilning eng yaxshi terma jamoasi — Italiya

Barcha davrlarning eng yaxshi to‘purari — Krishtianu Ronaldu

Futbolchilik faoliyati uchun (Player Career Award) — Ronaldinyo

Maradona sovrini — Robert Levandovski

2021 yilning eng yaxshi murabbiyi — Roberto Manchini

2021 yilning eng yaxshi futbolchisi — Kilian Mbappe

Tik Tok muxlislari talqiniga ko‘ra 2021 yilning eng yaxshi futbolchisi — Robert Levandovski.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: