SportUz.Net
photo photo

Saloh — APLda eng ko‘p zarba berayotgan futbolchi. Ronaldu-chi?

25.12.2021 20:31    


Rasmni yuklab olish

Angliya chempionatining joriy mavsumida "Manchester Siti" klubi 44 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, "Liverpul" 3 ochko farq bilan 2-o‘rinni egallab turibdi.

WhoScored bergan ma’lumotga ko‘ra, mersisaydliklarning hujum uchligi joriy mavsumda raqiblar darvozasi tomon eng ko‘p zarba berayotgan futbolchilar bo‘lib turishibdi. Muhammad Saloh 71ta zarba bilan yaqqol peshqadam bo‘lib turgan bo‘lsa, Sadio Mane (54) va Diogu Jota (49) keyingi pog‘onalarni egallab turishibdi.

"Lids" a’zosi Ravinya 48 zarba bilan 4-pog‘onani egallagan bo‘lsa, Krishtianu Ronaldu kuchli beshlikka kirdi (46 zarba).

1. Muhammad Saloh (Liverpul) — 71 zarba;

2. Sadio Mane (Liverpul) — 54 zarba;

3. Diogu Jota (Liverpul) — 49 zarba;

4. Rafinya (Lids) — 48 zarba;

5. Krishtianu Ronaldu (Manchester Yunayted) — 46 zarba;

6. Maykl Antonio (Vest Xem) — 44 zarba;

7-8. Leandro Trossard (Brayton) — 41 zarba;

7-8. Jarrod Bouen (Vest Xem) — 41 zarba;

9. Adam Armstrong (Sautgempton) — 40 zarba;

10. Joau Kanselu — (Manchester Siti) — 39 zarba.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: