SportUz.Net
photo photo

WhoScored 2021 yilda eng ko‘p ball to‘plagan futbolchilarni e’lon qildi (top-5)

25.12.2021 17:00    


Rasmni yuklab olish

Futbol statistikasini yurituvchi "WhoScored" veb-sayti 2021 yilda eng yuqori reyting ballarini jamg‘argan futbolchilarni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski o‘rtacha 8,08 ball bilan eng yuqori pog‘onani egalladi. Ikkinchi o‘rinni Muhammal Saloh ban etgan bo‘lsa, Kilian Mbappe kuchli uchlikka kirdi.

Yevropaning top-5 chempionatlarida eng yuqori ball to‘plagan o‘yinchilar:

1. Robert Levandovski — 8,08 («Bavariya»);
2. Muhammad Saloh — 7,89 («Liverpul»);
3. Kilian Mbappe — 7,80 («PSJ»);
4. Karim Benzema — 7,75 («Real»);
5. Hoqon Chalxanoglu — 7,48 («Inter»).

2021 yilda "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan Lionel Messi kuchli beshlikdan o‘rin olmadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: