SportUz.Net
photo photo

«UZ Football Awards»-2021. Superliganing eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi e’lon qilindi

25.12.2021 15:31    


Rasmni yuklab olish

Ayni paytda O‘zbekiston futbol assosiasiyasining yil laureatlarini taqdirlashga qaratilgan «UZ Football Awards» marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Superliganing eng yaxshi to‘purari, Superliganing eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi nominasiyalari bo‘yicha g‘oliblar e’lon qilindi.

«Coca Cola Superligasining 2021-mavsumdagi to‘purari»

«Paxtakor» bilan birgalikda musobaqa chempioniga aylangan, jamoaning yetakchi futbolchilaridan biri — Dragan Cheran chempionat to‘purariga aylandi.

«Coca Cola Superligasining 2021-mavsumdagi eng yaxshi murabbiyi»

Coca Cola Superligasining ushbu mavsum chempioni va O‘zbekiston Superkubogi g‘olibi — Piter Xyuistra «Coca Cola Superligasining 2021-mavsumdagi eng yaxshi murabbiyi» deb topildi.

«Coca Cola Superligasining 2021-mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi»

Joriy mavsumda «Nasaf» safida 26 ta o‘yinda ishtirok etib, 13 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan futbolchi, O‘zbekiston kubogi sohibi Husain Norchayev «Coca Cola Superligasining 2021-mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi» deb topildi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: