SportUz.Net

UZ Football Awards. Superliganing eng yaxshi murabbiyi sovriniga yakuniy nomzodlar ma’lum bo‘ldi

22.12.2021 08:31    


Rasmni yuklab olish

Shu yilning 25 dekabr kuni O‘zPFL va O‘FA tomonidan UZ Football Awards taqdirlash marosimi o‘tkaziladi. Professional futbol ligasi Superliga-2021ning eng yaxshi murabbiyi sovriniga nomzod yakuniy uchlikni e’lon qildi.

Coca-Cola Superliga. Eng yaxshi murabbiy bo‘lishga nomzodlar (yakuniy uchlik):

Ro‘ziqul Berdiyev («Nasaf») — O‘zbekiston Superkubogi ishtirokchisi, O‘zbekiston Coca-Cola kubogi sohibi

Piter Xyuistra («Paxtakor») — O‘zbekiston Superkubogi sohibi, Coca-Cola Superliga chempioni, O‘zbekiston Coca-Cola kubogi finalchisi

Ulug‘bek Baqoyev («So‘g‘diyona») — Coca-Cola Superliga vise-chempioni



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: