SportUz.Net

Yevropa ligasi. Haftaning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

11.12.2021 08:00    


Rasmni yuklab olish

Yevropa ligasi guruh bosqichi 6-turi yakunlari bo‘yicha haftaning eng yaxshi futbolchisi nomini e’lon qilindi. O‘tkazilgan so‘rovnomada "Napoli" yarim himoyachisi Elif Elmas g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

22 yoshli makedoniyalik futbolchi "Lesterga qarshi bahsda (3:2) dublga erishdi va jamoasining g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi. Neapolliklar ushbu g‘alaba tufayli pley-off bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Haftaning eng yaxshi futbolchisi sovriniga Aleksandr Selixov ("Spartak"), Mikel Oyarsabal ("Real Sosyedad") va Mislav Orshich ("Dinamo" Zagreb)ning nomzodi ham qo‘yilgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: