«Real» Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichining 6-turida o‘z uyida "Inter"ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Mazkur g‘alaba "Qirollik klubi" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti uchun Chempionlar ligasidagi 100-g‘alaba bo‘ldi. Shu tariqa, italiyalik mutaxassis Chempionlar ligasi/kubogida g‘alaba qozongan uchinchi murabbiyga aylandi.
Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchilik «Manchester Yunayted» klubi sobiq ustozi Aleks Fergyusonga tegishli (115 g‘alaba). Ikkinchi o‘rinni esa Arsen Venger egallab turibdi (103).
Anchelotti eng ko‘p g‘alabani «Milan» boshqaruvida qo‘lga kiritgan (42). Uning boshqa jamoalar safidagi g‘alabalari quyidagicha:
24 — «Real»
10 — «Chelsi»
7 — «Bavariya»
6 — «PSJ»
5 — «Napoli»
4 — «Parma»
2 — «Yuventus».
Debyut chiqishida raqibini quvlab, nokautga uchratgan Ramazon Temirovning jangidan FOTOGALEREYA