Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federasiyasi (IFFHS) terma jamoalarning 2021 yildagi eng yaxshi murabbiylari reytingini e’lon qildi.
Italiya terma jamoasi bilan Yevro-2020da g‘olib chiqqan Roberto Manchini yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. U so‘rovnomada 225 ball to‘pladi.
Ikkinchi pog‘onani Argentina terma jamoasi bilan Amerika kubogida g‘alaba qozongan Lionel Skaloni egalladi. Millatlar ligasida bosh sovringa ega chiqqan Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham kuchli uchlikka kirdi.
Jazoir milliy jamoasi ustozi Jamol Belmadi va Braziliya termasi bosh murabbiyi Tite kuchli beshlikka kirishdi.
Ramazon Temirov UFC bonusini qo'lga kiritgan to'rtinchi o'zbekistonlik jangchi bo'ldi