SportUz.Net
photo photo

Ibrahimovich A seriyadagi rekordni takrorladi

02.12.2021 12:00    


Rasmni yuklab olish

1 dekabr, chorshanba kuni Italiya chempionatining 15-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Jenoa» — «Milan» bahsida "rossoneri" 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Milanliklar hujumchisi Zlatan Ibrahimovich uchrashuvning 10-daqiqasida hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 40 yoshli futbolchi jarima zarbasi orqali raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Shvesiyalik o‘yinchi uchun mazkur gol 38 yoshga to‘lganidan so‘ng A seriya doirasida 31-gol bo‘ldi. Shu tariqa, u «Novara» klubi sobiq forvardi Silvio Piolaga tegishli rekordni takrorladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: