SportUz.Net
photo photo

ESPN eng yaxshi markaziy hujumchilar reytingini e’lon qildi

01.12.2021 10:31    


Rasmni yuklab olish

Amerikaning ESPN telekanali 2021 yil yakunlari bo‘yicha jahonning eng yaxshi futbolchilari va murabbiylari reytingini e’lon qildi.

Telekanal versiyasiga ko‘ra, «Bavariya» forvardi Robert Levandovski jahonning eng yaxshi markaziy hujumchisi deb topildi.

Bu borada 2-pog‘ona Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Erling Xolandga nasib etgan bo‘lsa, «Real» forvardi Karim Benzema kuchli uchlikka kirdi. O‘tgan yilda ham kuchli uchlik aynan shunday ko‘rinishda bo‘lgandi.

ESPN versiyasi bo‘yicha 2021 yilda jahonning eng yaxshi hujumchilari (top-10):

1) Robert Levandovski («Bavariya»);
2) Erling Xoland («Borussiya» Dortmund);
3) Karim Benzema («Real»);
4) Romelu Lukaku («Inter»/«Chelsi»);
5) Xarri Keyn («Tottenxem»);
6) Luis Suares («Atletiko»);
7) Lautaro Martines («Inter»);
8) Chiro Immobile («Lasio»);
9) Aleksander Isak («Real Sosyedad»);
10) Zlatan Ibrahimovich («Milan»).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: