
Musobaqaning markaziy jangida yarim o'rta vazn toifasida WBA kamari uchun majburiy davogar bo'lib turgan hamyurtimiz SHahram G'iyosov Rossiya vakili Mark Urvanovga qarshi ringga ko'tarildi.
8 raundlik bahs to'rtinchi raundda muddatidan avval nihoyasiga etdi. G'iyosov raqibini texnik nokaut orqali taslim etdi.
SHu tariqa, 32 yoshli Wonder Boy G'iyosov faoliyatidagi 18-jangida 18-g'alabasini tantana qildi. Mark Urvanovning rekordi esa endilikda 25-5-2 ko'rinishida.