
Turnirning asosiy jangi yarim o'rta vazn toifasida tashkil etildi. Unda charm qo'lqop ustamiz SHahram G'iyosov rossiyalik Mark Urvanovga qarshi ringga ko'tarildi.
Oqoshomning co-main event, yani ahamiyati jihatidan ikkinchi jangi superog'ir vaznda o'tkazildi. Ringda mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan bokschilar Bahodir Jalolov hamda nigeriyalik Solomon Adebayo o'zaro to'qnash keldi.
Mazkur sahifa orqali musobaqada qayd etilgan natijalardan onlayn ravishda boxabar bo'lib borishingiz mumkin bo'ldi.
Boks oqshomining to'liq kardi:
Markaziy jang.Yarim o'rta vazn toifasida 8 raundlik jang: SHahram G'iyosov (O'zbekiston, 18-0-0) - Mark Urvanov (Rossiya, 25-5-2), (4-raundda KO-TKO);
Superog'ir vaznda 8 raundlik jang: Bahodir Jalolov (O'zbekiston, 17-0-0) - Solomon Adebayo (Nigeriya, 14-1-0), (4-raundda KO-TKO);
Superog'ir vaznda WBC CISBB kamari uchun 10 raundlik jang: Lazizbek Mullojonov (O'zbekiston, 7-0-0) - Monyasahu Muritador (Nigeriya, 6-4-2), (Raqib 3-raundda jangni davom ettirmadi);
Og'ir vaznda 6 raundlik jang: SHohjahon Abdullaev (O'zbekiston, 6-0-0) - Gutram Ngoya (Tanzaniya, 13-3-0), (1-raundda KO-TKO);
Superog'ir vaznda 6 raundlik jang: Ozodbek Aliev (O'zbekiston, 4-0-0) - Aleksandr Zubkov (Rossiya, 11-13-0), (2-raundda KO-TKO);
Ikkinchi o'rta vaznda WBC CISBB kamari uchun 10 raundlik jang: Nurislom Ismoilov (O'zbekiston, 8-0-0) - Jozef Maigvisya (Tanzaniya, 15-6-0), (4-raundda KO-TKO);
Ikkinchi o'rta vaznda 6 raundlik jang: Aloxon Abdullaev (O'zbekiston, 4-0-2) - Suhrob Qayumov (O'zbekiston, 4-0-2), (Jang durang bilan yakunlandi);
Super yarim o'rta vaznda 8 raundlik jang: Rajab Butaev (Rossiya, 16-1-0) - Artyom Pugach (Rossiya, 3-13-4), (Ochkolar hisobiga ko'ra);
Yarim engil vaznda 6 raundlik jang: Baxtiyor Ilyosov (O'zbekiston, 1-5-0) - Xursand Imankuliev (Turkmaniston, 5-0-0), (2-raundda KO-TKO);
Yarim o'rta vaznda 6 raundlik jang: SHerzod Xabibov (O'zbekiston, 4-1-0) - Asadbek Bekmirzaev (O'zbekiston, 2-1-0), (Ochkolar hisobiga ko'ra).