"Sevilya" hujumchisi Yusuf en-Nesiriy Ispaniya chempionatining yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Marokashlik futbolchi o‘tgan oyda La liga doirasida 6ta o‘yinda maydonga tushib, 7ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. En-Nesiriy "Real Sosyedad" (3:2) va "Kadis" (3:0)ga qarshi uchrashuvlarda "xet-trik"ka erishgan bo‘lsa, "Alaves"ga qarshi o‘yinda (2:1) bitta gol muallifiga aylandi.
23 yoshli En-Nesiriy joriy mavsumda "Sevilya" tarkibida barcha musobaqalar doirasida 31ta uchrashuv o‘tkazib, 17ta golga mualliflik qildi. Uning andalusiyaliklar bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan.
"Senga Jon Jons bilan jang tashkil qilib beraman". Dana Uayt Fyuriga UFCga o'tishni taklif qildi