SportUz.Net
photo photo

FIFA reytingi: noyabr oyida O‘zbekistonning o‘rni o‘zgardimi?

19.11.2021 22:00    


Rasmni yuklab olish

FIFA bugun — 19 noyabr kuni dunyo terma jamoalarining yangi reytingini e’lon qildi.

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida Gruziyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib, mag‘lub bo‘ldi. Buning natijasida jamoamiz 5,15 ball yo‘qotdi, ammo jadvalda o‘z o‘rnini saqlab qoldi. Ayni paytda 84-o‘rinni egallab turibmiz.

Osiyo mintaqasida esa 11-pog‘onani band etganmiz. Bizdan yuqori pog‘onalarni Eron (21-o‘rin), Yaponiya (26), Janubiy Koreya (33), Avstraliya (35), Saudiya Arabistoni (48), Qatar (51), Birlashgan Arab Amirliklari (70), Xitoy (74), Iroq (75), Ummon (78) terma jamoalari egallab turibdi.

Umumiy reytingni esa hamon Belgiya terma jamoasi egallab turibdi. Ikkinchi pog‘onani Braziliya band etgan bo‘lsa, Angliya bir qator ko‘tarilib kuchli uchlikka kirdi. Fransiya 4-o‘ringa tushgan bo‘lsa, Italiya beshinchi pog‘onaga joylashgan.

FIFA reytingi, noyabr

1. Belgiya — 1828 ball
2. Braziliya  — 1826
3. Fransiya — 1786
4. Angliya — 1756
5. Argentina — 1751
6. Italiya — 1741
7. Ispaniya — 1705
8. Portugaliya — 1660
9. Daniya — 1655
10. Niderlandiya — 1654
....
22. Eron — 1558
26. Yaponiya — 1532
33. Janubiy Koreya — 1507
35. Avstraliya — 1485
48. Saudiya Arabistoni — 1441
51. Qatar — 1431
70. Birlashgan Arab Amirliklari — 1350
74. Xitoy  — 1337
75. Iroq  — 1336
78. Ummon  — 1307
84. O‘zbekiston — 1275



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: