SHu munosabat bilan UFC go'zali haqidagi materialimizni qayta chop etishga qaror qildik.
U 1995 yilning mart oyida Gruziyada, mamlakat poytaxti Tbilisi shahrida tug'ilgan.
Jojua bolalikdan sanatga jiddiy tarzda qiziqqan. U fortepianoni maromiga etkazib chala oladi. Balki, 16 yoshida amerikalik Jina Karanoning MMAdagi janglarini ko'rib, mazkur sport turiga qiziqish paydo bo'lmaganida, u hozir aktrisa yoki musiqa o'qituvchisi bo'lishi ham mumkin edi.
Liana oktagondagi harakatlari emas, ko'proq tashqi ko'rinishi bilan mashhurroq.
MMAga muay-taydan kirib kelgan Jojua bugungacha 13 ta jang o'tkazishga ulgurdi va ulardan 8 tasida g'alabaga erishgan (5 mag'lubiyat).
Liana Grozniyning "Axmat" aralash yakkakurash klubi azosi hisoblanadi.
Rus fuqaroligini qabul qilgan sportchi janglarga Rossiya nomidan chiqadi
Darvoqe, u Moskva Davlat Pedagogika Universitetini tamomlagan. Kelajakda o'qituvchi sifatida faoliyat yuritmoqchi. Gruzin go'zalining bo'lajak o'quvchilariga havas qilishni ham, achinishni ham bilmaysan kishi...
U UFC'dagi so'nggi to'rtta jangining faqatgina bittasida g'alaba qozondi. So'nggi jangida esa kerakli vaznni ham qila olmagan, shu holatda ham raqibasiga ochkolar hisobiga ko'ra yutqazgandi. Bugun esa uning UFCdan ketgani haqida malum qilindi.
Jojua endi faoliyatini qaysi yo'nalishda davom ettirishini yaqin orada bilib olamiz.