SportUz.Net
photo photo

Angliya terma jamoasi 3ta milliy rekordni yangiladi

16.11.2021 10:00    


Rasmni yuklab olish

Angliya terma jamoasi 15 noyabr kuni JCH-2022 saralash bosqichi doirasida San-Marinoni yirik 10:0 hisobida mag‘lub etdi.

Shu tariqa, inglizlar bitta kalendar yildagi natijalar bo‘yicha birdaniga 3ta milliy rekordni yangilashdi.

Garet Sautgeyt jamoasi joriy yilda 15ta g‘alabani qo‘lga kiritdi. Shuningdek, "uch sherlar" 2021 yilda 52ta gol urib, 14ta gol o‘tkazib yuborishdi.

Bundan tashqari, Angliya ketma-ket 20ta o‘yindan buyon mag‘lub bo‘lmayapti. Bu esa 1980-1986 yillarda qayd etilgan natijaning takrori bo‘ldi. Ingliz so‘nggi marta 2020 yilning 15 noyabr kuni Belgiyaga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishgandi.

Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasi "I" guruhida 26 ochko bilan JCH-2022 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: