
Angliya terma jamoasi 15 noyabr kuni JCH-2022 saralash bosqichi doirasida San-Marinoga qarshi maydonga tushib, 10:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Inglizlar hujumchisi Xarri Keyn "poker"ga erishdi. "Tottenxem" forvardining 2021 yilda Milliy jamoa safida urgan gollari soni 16taga yetdi. Shu tariqa, u Angliya terma jamoasi safida bir kalendar yilida urilgan gollar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi.
Shu paytgacha rekord Jorj Xilsdonga tegishli bo‘lib, u 1908 yilda 12ta gol muallifiga aylangan. 1927 yilda esa Diksi Din ushbu natijani takrorlagan.
Pyotr Yan O'Mellining Oq uydagi jang taklifiga SI'da yasalgan surat bilan javob berdi (FOTO)