Fransiya terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichidan o‘rin olgan Qozog‘istonga qarshi o‘yinda yirik hisobda (8:0) g‘alaba qozondi. "Uchranglilar" forvardi Kilian Mbappe mazkur o‘yinda 4ta gol muallifiga aylandi.
Fransiyaning "L’Equipe" jurnali 22 yoshli futbolchining harakatlarini 10 ballik tizimda 10 ballga baholadi. Jurnal faoliyati davomida 12-marta bunday bahoni berdi.
Shu paytgacha "L’Equipe" Lionel Messi, Robert Levandovski, Neymar va Oleg Salenko kabi o‘yinchilarning bitta uchrashuvdagi o‘yinini 10 ballga baholagandi.
Umar Nurmagomedov: UFC chempionligi yoki Dvalishvili bilan revansh? Men ko'proq qasos olmoqchiman
Dana Uayt yana bir bor Makgregorning Oq uydagi UFC turnirida ishtirok etishiga to'xtaldi