SportUz.Net
photo photo

Ronaldu instagramda Messining rekordini yangiladi

29.10.2021 22:31    


Rasmni yuklab olish

"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Instagramda bitta postga bosilgan "layk"lar soni bo‘yicha sportchilar orasida rekordchiga aylandi.

36 yoshli futbolchining qallig‘i Jorjina Rodrigesning homiladorligi haqidagi xabarga 27,7 million marta "yoqdi" ishorasi bosilgan.

Bu boradagi avvalgi rekord Lionel Messiga tegishli edi. Argentinalik futbolchining "PSJ" formasidagi oilaviy suratiga 22 millionta "layk" bosilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu va Jorjina egiz farzandlar kutishmoqda. Ular dunyoga kelganidan keyin portugaliyalik futbolchining farzandlari 6 nafarga yetadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: