Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu JCH-2022 saralash bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan Lyuksemburgga qarshi bahsda (5:0) uchta gol muallifiga aylandi. Portugaliyalik futbolchi o‘z gollarining 2tasini penaltidan urgan bo‘lsa, bittasini o‘yindan kiritdi.
Ronaldu faoliyati davomida Portugaliya safida eng ko‘p golni aynan Lyuksemburgga urgan — 9ta. Bu borada keyingi pog‘onalarni Litva va Shvesiya egallab turibdi (7tadan gol). Andorra va Vengriya darvozabonlari Krishtianudan 6tadan gol "qabul" qilishgan.
"Senga Jon Jons bilan jang tashkil qilib beraman". Dana Uayt Fyuriga UFCga o'tishni taklif qildi