SportUz.Net
photo photo

Mbappe Fransiya terma jamoasi rekordini o‘rnatdi

08.10.2021 07:31    


Rasmni yuklab olish

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe UYEFA millatlar ligasi musobaqasi doirasida Belgiyaga qarshi o‘yinda ishtirok etib, bitta gol va bitta assist muallifiga aylandi.

Fransiyalik futbolchi uchun kechagi bahs milliy jamoa safidagi 50-uchrashuv bo‘ldi. Mbappe mazkur natijaga 22 yoshu 291 kunlikda erishdi hamda bunday natija qayd etgan eng yosh o‘yinchiga aylandi.

Shu paytgacha rekord Karim Benzemaga tegishli edi. "Real" hujumchisi 50ta o‘yinlik dovonni 24 yoshu 240 kunlikda zabt etgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: