SportUz.Net
photo photo

IFFHS so‘nggi o‘n yildagi jahon ramziy jamoasini e’lon qildi

08.02.2021 14:30    


Rasmni yuklab olish

Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federasiyasi (IFFHS) Jahonning so‘nggi o‘n yildagi eng yaxshi futbolchilaridan tashkil topgan ramziy jamoani e’lon qildi.

Undan Germaniyaning uch, Ispaniyaning ikki nafar o‘yinchilari joy olishdi.

IFFHS talqiniga ko‘ra jahonning so‘nggi 10 yillikdagi eng yaxshi ramziy jamoasi:

Darvozabon: Manuel Noyer (Germaniya).

Himoyachilar: Filipp Lam (Germaniya), Serxio Ramos (Ispaniya), Virjil van Deyk (Niderlandiya), Marselo (Braziliya).

Yarim himoyachilar: Toni Kroos (Germaniya), Andres Inyesta (Ispaniya), Luka Modrich (Xorvatiya).

Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu (Portugaliya), Robert Levandovski (Polsha), Lionel Messi (Argentina).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: