SportUz.Net
photo photo

Levandovski Chempionlar ligasi rekordini o‘rnatdi

30.09.2021 07:31    


Rasmni yuklab olish

"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski myunxenliklar safida Yevropa chempionlar ligasi doirasidagi ketma-ket 18-o‘yinda g‘alaba qozonib, turnir rekordini o‘rnatdi.

Polshalik futbolchining g‘alabali seriyasi 2019 yilning 18 sentyabridan boshlangan edi. Eslatib o‘tamiz, "Bavariya" o‘tgan mavsumda YECHLning chorak final bosqichida "PSJ"ga yutqazib, musobaqani tark etgandi. Levandovski esa jarohat tufayli o‘sha o‘yinlarni o‘tkazib yuborgan edi.

33 yoshli Levandovski joriy mavsumda "Bavariya" safida barcha musobaqalar doirasida 9ta o‘yinda ishtirok etib, 13ta gol muallifiga aylandi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilga qadar tuzilgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: