Agar favorit mag'lubiyatga uchrasam hayron bo'lmang
Sobiq mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik supeog'ir vaznda ham chempionlikni qo'lga kiritishga harakat qiladi. Bu ishni faqatgina Evander Xolifild uddalagan. Entoni Joshua boskda doimiy uchrab turadigan farqlar, yani kuchi va vazni bo'yicha raqibidan ustunlikka ega. Jangda bo'lishi mumkin bo'lgan holatlar haqida taxminlarimizni o'rtoqlashamiz.
Entoni Joshua - boksda haddan tashqari yuqori baho berilgan bokschi. Usik buni yana bir bor isbotlashi mumkin
Entoni divizionga suanmidek kirib keldi va ikki yil ichida chempion bo'lishni uddaladi. O'sha vaqtlarda britaniyalikning tanasida Taysoning ruhi bodek tuyulgan, chunki u raqiblaidan doim ustun bo'lib, ko'pchilikni raund boshida mag'lub etgan.
Biroq Joshua hech qanaqasiga Mayk Tayson darajasida emas. Uning birinchi haqiqiy imtixoni o'qituvchisi edi: o'sha vaqtda Entoni atrofida afsonalar haqiatga aylanib yo'qola boshladi. Raqibni nokaut qilish uchun aql bilan aniq harakatlar qilinishi, hujum qilinganda esa zarbani engish va o'ziga xos ruhiy himota ham bo'lishi lozim. Joshua g'alabani qo'lga kiritdi, biroq Klichko o'zining eng yaxshi damlarida jang qilganida barchasi boshqacah bo'lishi ham mumkin edi. Klichko - biroq boshqa daraja. Takama, Parker, Ruizga qarshi bo'lgan janglar buni isbotlaydi. Joshua esa og'ir vazn toifasidagi eng kuchsiz jangchi ekanligini o'z tasdig'ini topdi. U boks faqat mushak hamda pesslardan iboat emasligiga yorqin misol. Boks - boks qo'lqoplari kiyib o'ynaladigan shaxmat. Bu eda Entonida katta, juda katta muammolar bo'lishi mumkin.
Usik g'alaba qozonishi uchun Joshuadan yaxshi bo'lishi emas, balki nokaut qilishi kerak. Aks holda, hakamlar g'alabani Entoniga berib yuborishi mumkin
Joshuaning kuchli zarbalari ukraianlikning va uning guruhini havotirga solyapti. Usik begona joyda jang qilishga moslashgan, U buni Gassievga qarshi jangda ajoyib tarzda ko'rsatib bergan. Joshua jang boshida juda xavfli bo'ladi va dastlabki daqiqalarda Usik ehtiyotkor bo'lishi va o'z o'rnida ochkolar ham ishlashi lozim bo'ladi. Agar jang ochkolar hisob kitobiga ko'ra hisoblansa, Usikning boshiga Lomachenkoning qismati tushadi. U teng kurashli jangda hech qanaqasiga ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozona olmaydi.
Usik tavakkal jang qilishi lozim, biroq bunday uslun ukrainalik uchun begona. Sasha yaxshi harakat qilishi kerak emas, balki ringda qirol bo'lishi lozim. Joshua haqqatdan kuchli, ammo Usik bunday bokschilarga qarshi qay holatda jang qilishni juda yaxshi biladi. Usik yaqin masofada juda xavfli bo'lishi mumkin.
Joshuaning eng kuchsiz tarafi - ruhiyat. Usik jang boshlanishidan avval unga aqliy zarba berishni boshlab yubordi
Usikning mashg'ulot lagerida bularning barchasi aniq tartibga solingan. SHuningdek, Aleksandr harakatlaridan buni bilib olish ham qiyin emas. Matbuot anjumani Joker uslubida, jang bo'ladigan joyga esa Beyn obrazida kelishi juda kamdan kam uchraydigan holat. U xuddi quyidagi gaplarga ishoa qilayotganday: "Sen o'z hududingda bo'lishing mumkin, biroq bu eda haqiqiy xo'jayin menman". Usik psixologik jihatdan o'zinii kuchli qilib ko'rsatmoqda, buni uning matbuot anjumanidagi fikrlaridan ham bilish qiyin emas.
Ehtimol, birinchi raund g'olibini aniqlab beradigan eng qiziq hamda aniq raund bo'lishi mumkin. Har ikkala jangchi ham daslabki daqiqalarda o'zining ustunligini o'rnatishi lozim bo'ladi. Entoni harakatlarini tez boshlab yuboradi, biroq ukrainalik uni kutishga majburlasa, britaniyalikning hayotidagi eng uzun va eng yoqimsiz kecha bo'lishi mumkin. Ammo Joshua va Usik bilan total boks bo'yicha raqoblashmoqchi bo'lsa, u bundan ham qiziqroq bo'ladi. Nima bo'lgan taqdirda ham jang tashkilotchisi Xirn aytganidek: Bizni yil jangi kutmoqda.