Bir necha oy avval Saul Alvares britaniyalik Billi Jo Sondersni nafaqat mag'lub etdi, balki uning yuzini sindirdi. Siz rentgenga qarasangiz shunchaki daxshatga tushasiz.
Hozir esa boks tarixidagi eng qo'rqinchli jarohatlarni yodga olamiz.
Erik Morales - Markos Maydana
2011 yildagi jang oldidan muzokara bosqichida u jamoatchilikni noto'g'ri tushunishga sabab bo'ldi, chunki buyuk Erik Moralesning eng yaxshi kunlari ortda qolgani aniq edi: u oxirgi 7 jangning atigi 3 tasida g'alaba qozongan. SHu bilan birga, o'z divizionining eng kuchli nokautchisi hisoblanardi. Birinchi raundda Morales apperkot o'tkazib yuboradi va ko'zlari shishib ketdi. Oxir-oqibat shishish shunchalik kuchayib ketdiki, 4-raunddan boshlab Erik faqat bir ko'z bilan ko'rdi. Va shu bilan birga, u ajoyib jang o'tkazdi, faqat hakamlarning qarori bilan yutqazdi-114:114 va ikki marta 112:116.
Hasim Rahmon - Evander Xolifild
Rahman beshinchi raundda Lennoks Lyuisni nokautga uchratib, butun dunyoni larzaga keltirgandi, ammo kutilganidek, u revansh jangida inglizga yutqazdi. CHempionlik jangiga qayta kirish uchun, Rahman qariya Xolifildga qarshi kurashishga qaror qildi, lekin noto'g'ri ish edi. Dastlabki raundlarda Xolifild bexosdan raqibining boshiga urdi 8-raundga kelib shishgan joyning hajmi beysbol topiga teng kelardi. 7-raunddan keyin shifokor jangni to'xtatdi, hakamlar ochkolarni sanashga qaror qildi - ular bo'yicha 69:64 hisobida ikkita hakam g'alabani Xolifildga berdi. Uchinchisi esa Rahman 67:66 hisobida g'alaba qozondi deb hisobladi.
Arturo Gatti - Alfonso Gomes
Gatti ringda haqiqiy jangchi edi, lekin bu organizmni juda charchatdi, shuning uchun Alfonso Gomes bilan jang paytida undan faqat mard yurak qoldi. Gomes o'zining ustunligidan foydalanib, butun jang davomida kuchli zarbalar berdi va ettinchi raundda Gattini kanatiga siqib qo'ydi. O'ngdan jag' qismiga qattiq zarba bergach Gatti tiz cho'kdi. Yuqori labi yirtilgan, undan ko'p qon oqayotgan edi va rasmiylar darhol jangni to'xtatdilar.
Artur Abraxam - Edison Miranda
2006 yilda IBF yo'nalishi bo'yicha jahon chempioni Artur Abraxam o'z kamarini kolumbiyalik Edison Mirandadan himoya qildi. Jang «ringdagi urush»ga aylandi. To'rtinchi raundda Miranda Abraxamning jag'ini ikki joyidan sindirdi, lekin u kurashni davom ettirdi. Miranda o'zining «gryazniy» jangi uchun darhol 5 ochkodan mahrum bo'ldi va oxir-oqibat yutqazdi. Jangdan so'ng Abraxam jag'ining singan joyidan operaciya qilindi va uni ikkita titan plastinkaga o'rnatilgan 22 vint bilan mahkamladi.
Mayk Tayson - Evander Xolifild
Deyarli barcha boks muxlislariga malum bo'lgan hikoya. Tayson birinchi jangda mag'lubiyatga uchradi, ikkinchi jangning uchinchi raundda klinchda boshini raqibining elkasiga qo'yib, Evanderning qulog'ini tishlab oldi va darhol uzilgan quloqning bir qismini erga tupurdi. G'alati, lekin shifokor jangni davom ettirishga ruxsat berdi, keyin Mayk boshqa qulog'ini tishlab olgan edi, lekin uni uzib ololmadi. Evander g'azablanib qo'llarini tashladi. Bu raundning oxiri edi va jangni davom ettira olmasligi aniq edi.
Vitaliy Klichko - Lennoks Lyuis
Ukrainalik boks muxlislari uchun yana bir mashhur jang. Vitaliy o'sha paytda faoliyatidagi birinchi mag'lubiyatdan keyingi jang edi - u jarohati tufayli Kris Berd bilan to'qnashuvni muddatidan oldin tugatgan edi. Ammo u Lennoks Lyuisga qarshi keyingi jangda o'z obro'sini qayta tikladi. Ikkala bokschi ham jangni alo darajada boshladilar va kuchli zarbalar berishdi, lekin aynan Vitaliyning o'ng ko'zi kesilgan edi. Keyin Lyuis oltinchi raundning oxirida juda qo'rqinchli ko'rinadigan jarohatni nishonga oldi - qoshda, ko'z ostida yorilishlar, yuqori va pastki lablarda jarohatlar bor edi. SHifokor jangni to'xtatishga qaror qildi, inglizlar g'alabani qo'lga kiritdi, Vitaliy esa jangni to'xtatish qaroriga qo'shilmay, uzoq vaqt ringda turdi. U revansh olishni juda xohlardi, lekin britaniyalik karerasini tugatdi va ukrainalik bilan ringda qayta uchrashishdan qochdi.
Denis Lebedev - Gilermo Jons
Lebedev o'sha paytda ringga WBA yo'nalishi bo'yicha jahon chempioni sifatida ko'tarilgandi, lekin barchasi uzoq vaqt davomida kamaridan mahrum bo'lgan Jons tufayli edi. To'g'ri, u darhol kamarini qaytarib oldi. Birinchi raunddayoq u Denis Lebedevga daxshatli zarba berdi, shundan so'ng u tobora qo'rqinchli ko'rinishga ega bo'lib, raunddan-raundga o'sib borayotgan gematomani ishlab chiqdi. Undan tashqari, jang Moskvada bo'lib o'tdi va mahalliy bokschi mag'lubiyatga uchramasligi uchun, shifokor jarohatni tekshirmadi. Faqat 11-raundda o'tkazib yuborilgan zarbalardan so'ng charchagan Lebedev tiz cho'kkanidagina shifokor unga yaqinlashdi. Natijada, hakam jangni to'xtatdi va g'alabani amerikalikka berdi.
Sebastyan Luxan - Antonio Margarito
Bu Luxanning amerika ringidagi debyut va Antonio Margaritoga qarshi chempionlik jangida sodir bo'lgan. CHempion butun jang davomida raqibini kuchli zarbalar bilan bombardimon qildi va o'ninchi raundda, hujumlardan biridan keyin Luxan raqibining qulog'ini deyarli boshidan uzib olgandi. Argentinalikning chap qulog'i tom manoda osilib qolgan, bu esa hakamni jangni to'xtatishga majbur qilgan.
Pol Malinyaji - Migel Kotto
Ikkita o'rta vaznli bokschilar 2006 yilda hayajonli jang uchun uchrashishdi. Ikkalasi ham mag'lubiyatga uchramagan, ikkisi ham jahon chempioni, ikkalasi ham katta mahoratga ega edi. Malinyaji birinchi raunddayoq o'ng ko'zidan jarohat oldi, keyin Kottoning jarohat ustiga bergan zarbasi o'ng orbital suyak sinishi va jag'ining shikastlanishiga olib keldi. Ushbu jarohatlarga qaramay, Malinyaji taslim bo'lmadi va oxirigacha kurashdi va faqat yakunda ochkolar hisobiga ko'ra yutqazdi.
Rokki Xuares - Xorxe Barrios
Xuarez va Barrois 2008 yilda mintaqaviy chempionlik kamarlaridan biri uchun kurashgan. Sobiq jahon chempioni Barrios yaxshiroq jang qildi, lekin 11-raundda ringga yiqildi. Xorxe tezlik bilan o'rnidan turdi, lekin o'sha paytda hamma uning labi yirtilganini payqadi - yuqori labining go'shti osilib qolgandi va shifokor darhol jangni to'xtatgan.
Horijiy sayt asosida SARVINOZ RAXMONQULOVA tayyorladi
Debyut chiqishida raqibini quvlab, nokautga uchratgan Ramazon Temirovning jangidan FOTOGALEREYA