"PSV" yarim himoyachisi Mario Gyotse Yevropa ligasida joriy haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Germaniyalik futbolchi guruh bosqichining 1-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Real Sosyedad"ga qarshi o‘yinda (2:2) bitta gol va bitta golli uzatma muallifiga aylandi.
29 yoshli Gyotse 2020 yildan buyon "PSV" sharafini himoya qilib kelmoqda. U klub safida barcha musobaqalar doirasida 37ta o‘yinda maydonga tushib, 11ta gol va 11ta assist muallifi bo‘ldi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Abbosxonning Gulistondagi jangi durang bilan yakunlandi. Barcha natijalar bilan tanishing!
G'ofur Rahimov, Muhammadqodir Abdullaev yoxud Gulistondagi boks oqshomidan ilk FOTOREPORTAJ