SportUz.Net
photo photo

FIFA reytingi: O‘zbekiston bir pog‘ona pastga tushdi

16.09.2021 15:00    


Rasmni yuklab olish

FIFA bugun dunyo terma jamoalarining yangi reytingini e’lon qildi.

O‘zbekiston terma jamoasi sentyabr oyida Shvesiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib, mag‘lub bo‘lgandi. Buning natijasida jamoamiz 2,15 ball yo‘qotdi va jadvalda bir pog‘ona pastga tushdi. Ayni paytda 84-o‘rinni egallab turibmiz.

Osiyo mintaqasida esa 12-pog‘onani band etganmiz. Bizdan yuqori pog‘onalarni Eron (22-o‘rin), Yaponiya (26), Avstraliya (32), Janubiy Koreya (36), Qatar (43), Saudiya Arabistoni (56), Birlashgan Arab Amirliklari (69), Iroq (72), Xitoy (75), Ummon (78), Suriya (81) terma jamoalari egallab turibdi.

Umumiy reytingni esa hamon Belgiya terma jamoasi egallab turibdi. Ikkinchi pog‘onani Braziliya band etgan bo‘lsa, Angliya bir qator ko‘tarilib kuchli uchlikka kirdi. Fransiya 4-o‘ringa tushgan bo‘lsa, Italiya beshinchi pog‘onaga joylashgan.

FIFA reytingi, sentyabr
1. Belgiya — 1832 ball
2. Braziliya  — 1811
3. Angliya — 1755
4. Fransiya — 1754
5. Italiya — 1735
6. Argentina — 1725
7. Portugaliya — 1674
8. Ispaniya — 1673
9. Meksika — 1666
10. Daniya — 1658
....
22. Eron — 1538
26. Yaponiya  —1520
32. Avstraliya  — 1493
36. Janubiy Koreya  — 1479
43. Qatar  — 1446
56. Saudiya Arabistoni  — 1406
69. Birlashgan Arab Amirliklari  — 1358
72. Iroq  — 1349
75. Xitoy  — 1335
78. Ummon  — 1312
81. Suriya  — 1297
84. O‘zbekiston — 1282



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: