Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xoland Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Beshiktosh"ga qarshi o‘yinda (2:1) bitta gol urdi.
Norvegiyalik futbolchi uchun mazkur gol YECHL doirasidagi 21-gol bo‘ldi. Buning uchun unga 17ta bahs yetarli bo‘ldi.
"Gracenote Live" tarqatgan xabarga ko‘ra, Xoland Chempionlar ligasida 21ta golni boshqa har qanday o‘chinchiga nisbatan kamida 10ta uchrashuvga tezroq urgan. Bungacha bu boradagi rekord Rud van Nistelroyga tegishli bo‘lib, niderlandiyalik futbolchi 21ta to‘pni 27ta o‘yinda kiritgan edi.
Xoland "Borussiya"ga o‘tganidan buyon barcha musobaqalar doirasida 66ta o‘yinda 66ta gol muallifiga aylandi.
Ramazon Temirov UFC bonusini qo'lga kiritgan to'rtinchi o'zbekistonlik jangchi bo'ldi