SportUz.Net
photo photo

Italiya jahon rekordini o‘rnatdi

06.09.2021 06:31    


Rasmni yuklab olish

Italiya terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichi doirasida Shveysariya mehmoni bo‘lib, durangga imzo chekdi (0:0).

Roberto Manchini jamoasi mag‘lubiyatsiz o‘yinlar seriyasini 36taga yetkazib, milliy va jahon rekordini yangiladi. Italiya termasining avvalgi rekordi 1935-1939 yillar oralig‘ida o‘rnatilgan bo‘lib, o‘shanda Vittorio Posso qo‘lostidagi jamoasi 30ta o‘yinda mag‘lubiyat nimaligini bilmagan edi.

Jahon rekordi esa bungacha 2ta terma jamoaga tegishli edi. Braziliya 1993-1996 yillarda, Ispaniya esa 2007-2009 yillar davomida 35ta uchrashuvda yutqazmagan edi.

Italiya so‘nggi marta 2018 yilning sentyabr oyida Millatlar ligasi doirasida Portugaliyaga imkoniyatni boy bergan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: