
Italiya terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichidan o‘rin olgan Bolgariyaga qarshi o‘yinda durang (1:1) natija qayd etdi.
Shu tariqa, Roberto Manchini shogirdlari mag‘lubiyatsiz o‘yinlar seriyasini 35taga yetkazib, jahon rekordini takrorlashdi.
Avvalroq Ispaniya milliy jamoasi 2007-2009 yillarda hamda Braziliya terma jamoasi 1993-1996 yillarda ketma-ket 35ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchrashmagan edi.
Italiya esa so‘nggi marta 2018 yilda Millatlar ligasi doirasidagi o‘yinda Portugaliyaga yutqazgan edi (0:1). "Skuadro adzurra" navbatdagi bahsni 5 sentyabr kuni Shveysariyaga qarshi o‘tkazadi.
Arman Carukyan 10 yanvar kuni sobiq PFL jangchisiga qarshi bahs olib boradi + POSTER
SHohjahon Ergashevning raqibi o'zgardi, u hind bokschisiga qarshi ringga chiqadi + POSTER
"Bu unga cho'qqida qolish imkonini berdi" - Sobiq UFC chempioni Xabibning ustunligi sirini aytdi