
Portugaliya terma jamoasi hujmchisi Krishtianu Ronaldu Yevropa milliy jamoalarida eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha Serxio Ramosning rekordini takrorladi.
JCH-2022 uchun saralash bosqichida Portugaliyaning Irlandiyaga qarshi o‘yinida (2:1) maydonga tushgan Ronaldu terma jamoadagi o‘yinlari sonini 180 taga yetkazib oldi. Ispaniyalik futbolchi Serxio Ramos rekordi takrorlandi.
Ronaldu 4 sentyabrda Qatarga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushsa, Ramosdan o‘tib ketishi mumkin. Serxio jarohati sabab Ispaniya terma jamoasidan chaqiruv olmagan.
Pyotr Yan O'Mellining Oq uydagi jang taklifiga SI'da yasalgan surat bilan javob berdi (FOTO)