SportUz.Net
photo photo

Yozgi transferda eng ko‘p xarajat qilgan La liga klublari (top-10)

02.09.2021 12:31    


Rasmni yuklab olish

Ispaniya klublarining yozgi transfer paytidagi xarajatlari hisoblab chiqildi.

Ro‘yxatni «Atletiko Madrid» boshqardi. Ushbu jamoa 65 million yevro evaziga o‘z safini o‘z safini Kunya va De Paul bilan to‘ldirdi. Grizmannning ijarasi esa hali bu summaga kiritilmadi.

"Real Madrid" esa, agar Mbappening transferini amalga oshira olganida ushbu reyting yetakchisiga aylanadi. Hozirsa esa "Qirollik klubi" Kamavinga uchun sarflangan 31 mln. yevro (Alaba tekinga qo‘lga kiritildi) bilan 4-pog‘onani band etdi.

«Barselona» erkin agentlar (Aguero, Memfis va Garsiya)ga e’tiborga qaratdi. Jamoa Yusuf Demir va Emerson uchun pul sarfladi. Ammo tez orada braziliyalik himoyachi yaxshi narxga sotib yuborildi.

La liga klublarining yozgi transfer paytidagi xarajatlari (Transfermarkt ma’lumotlari asosida)

1. «Atletiko Madrid» — 65 mln. yevro

2. «Vilyarreal» — 54,5 mln. yevro

3. «Sevilya» — 38,5 mln. yevro

4. «Real Madrid» — 31 mln. yevro

5. «Xetafe» — 15,5 mln. yevro

6. «Barselona» — 14,5 mln. yevro

7. «Valensiya» — 11,2 mln. yevro

8. «Malyorka» — 9 mln. yevro

9. «Osasuna» — 8,7 mln. ​​evro

10. «Selta» — 8,6 mln. yevro



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: