SportUz.Net
photo photo

Yozgi transfer oynasida eng ko‘p mablag‘ sarflagan klublar nomi ma’lum

01.09.2021 18:00    


Rasmni yuklab olish

Angliya Premyer-ligasining uchta klubi yozgi transfer oynasida sarflagan mablag‘lari bo‘yicha reytingda dastlabki 3 o‘rinni egalladi. Bular “Arsenal”, “Manchester Yunayted” va “Chelsi” klublari.

“Arsenal” joriy transfer oynasida 165,6 million yevro xarajat qilgan.

“Manchester Yunayted” Jeydon Sancho, Rafael Varan, Krishtianu Ronaldu va Tom Xiton uchun jami 140 million yevro sarfladi.

“Chelsi” esa 120 million yevro. Shundan 115 million yevroga “Inter”dan Romelu Lukaku olib kelindi, yana 5 millionga esa “Atletiko“dan Saul Niges ijaraga olindi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: