SportUz.Net
photo photo

Messi va Ronaldu UYEFA versiyasiga ko‘ra mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi kuchli uchligiga kirmadi (+ro‘yxat)

20.08.2021 08:31    


Rasmni yuklab olish

UYEFA mavsum-2020/2021ning eng yaxshi o‘yinchisini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, so‘rovnomaning kuchli uchlidan Jorjinyo, N’Golo Kante (ikkisi – «Chelsi») va Kevin De Bryuyne («Manchester Siti») o‘rin olgani haqida avvalroq xabar berib o‘tgandik.

Hujumchilar Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu ketma-ket ikkinchi mavsumki top-3ga kirishmayapti. Argentinalik futbolchi (148 bal) so‘rovnomada to‘rtinchi o‘rinni olgan bo‘lsa, Ronaldu (16 ball) to‘qqizinchi pog‘onada qoldi.

4. Lionel Messi – 148;
5. Robert Levandovski -140;
6. Janluidji Donnarumma – 49;
7. Kilian Mbappe – 31;
8. Rahim Sterling – 18;
9. Krishtianu Ronaldu – 16;
10. Erling Xoland – 15.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: