SportUz.Net
photo photo

“Oyog'ingning jarohati bilan narigi dunyoga dunyoga ravona bo'lasan”. Sovet jangchisi urush paytida oyog'ini kesishlaridan bosh tortdi, keyin 1952-yildagi Olimpiadada kumush medalni qo'lga kiritdi

16.08.2021 14:00    


Rasmni yuklab olish

Vatandagilar oltin medal hakamlar tomonidan o'g'irlangan, deb hisoblaydi

Vatandagilar oltin medal hakamlar tomonidan o'g'irlangan, deb hisoblaydi

Sovet bokschisi Sergey SHerbakov Ulug' Vatan urushiga o'z ixtiyori bilan ketdi, qahramonlik bilan xizmat qildi, biroq yaralandi, natijada oyog'idan ajralishiga bir bahya qoldi. Sergey gangrena bo'lishi mumkinligini bilsa-da, shifokorlarni oyog'ini kesmasliklariga ko'ndirdi, chunki ringga qaytish uning orzusi edi. 

SHerbakov tuzaldi: har kuni oyog'ini davoladi, yurishga harakat qila boshladi. Sportchining boksga qaytishini eshitganlar uning ustidan kulishdi, hamda bir umr nogironlar aravachasida qolishini aytishdi. Ammo Sergey taslim bo'lmadi, sababi boks hayotining mazmuni edi. 

SHerbakov bilan mo'jiza sodir bo'ldi: tuzalganidan bir necha oy o'tib SSSR da birinchilikni, 1952-yilgi Olimpiadada esa kumush medalni qo'lga kiritdi. Ko'pchilik Sergeydan Xelsinkidagi hakamlar chempionlikni SSSR ga bo'lgan munosabati sabab tortib olishdi, deb hisoblashadi.

SHerbakov nemislarga qarshi jangda oyog'idan jarohat oldi. SHifokorlar oyog'ini kesish kerakligini aytishdi, biroq bokschi rozi bo'lmadi 

Sergey SHerbakov 1918-yil Moskvada tug'ilgan. Akasi Vyacheslav boks bilan shug'ullangan, shu tufayli bolaligida bu sport turiga kela boshlagan. Lekin ilk mashg'ulotlar unga yoqmaydi: murabbiy bolalarga qo'lqop bermagan, faqat turli mashqlar qildirgan. SHundan so'ng Sergey akrobatikaga o'tib ketadi, ammo boksdan voz kecha olmadi.

Akasi sayrga chiqqanda, Sergey uning qo'lqoplarini olib hovliga chiqar va bolalar bilan bellashar edi. Ular bitta qo'liga qo'lqop kiyib jang qilishgan, shu tariqa Sergey o'ng va chap qo'lida zarba berishni o'rgangan. 

Hovlidagi janglar tez nihoyasiga etdi: akasi uning ishini sezib qolganidan keyin qo'lqopga teginishni taqiqlab qo'ydi. SHerbakov bolalar bilan jang qilishni to'xtatdi va butun etiborini akrobatikaga qaratdi. Unda tug'ma qobiliyat bor edi, engil atletika, suzish bilan ham shug'ullanib yaxshi natijalar ko'rsatgan. Uning energiyasi hammasiga etar, biroq boksni orzu qilar edi. 

SHerbakov maktabni tugatgach, zavodga ishga kirdi va akrobatika bilan shug'ullanishni davom ettirdi. Biroq bokschilarning mashg'ulotlariga hasad bilan qarar edi. 

SHerbakov o'zining xotiralarida : “ Mashg'ulotlarim tugagach, bokschilarni kuzatgani borardim. Ularning chaqmoqdek tez, kuchli zarbalarini ko'rar va ovozini eshitar edim. Nega men ham omadimni sinab ko'rmasligim kerak? Ammo yana mashq bajarishga majburlashadi, lekin qo'lqop berishmaydi”-deb eslagan. 

Biroq Sergey o'zini qo'lga oldi va boksga keldi. Murabbiy Aleksandr Bessonov uning jismoniy tayyorgarligini bilish uchun ikki o'quvchisiga (bularning orasida o'z og'li ham bor edi) qarshi jangga tashladi. SHerbakov ko'p yillardan beri mashq qilib yurgani va har tomonlama tayyor bo'lgani sababli ikkalasining ustidan g'alaba qozondi. Bessonov yigitni qabul qildi, SHerbakov SSSR chempionatida 1939-yilda 3-o'rinni, 1940-yilda 2-o'rinni egalladi. 

SHerbakov 23 yoshdaligida urush boshlandi. Zavodda “Dinamo” jamoasida orasida qolishi mumkin edi, lekin ixtiyoriy ravishda frontga ketdi. Sportchilar safida Sergey ham divizionga qo'shildi, ularning ko'pchiligi nemislarga qarshi portlovchi moslama etkazib berishar edi. 1942-yil qishda SHerbakov vazifasini bajarayotganda og'ir jarohatlandi. Portlovchi qutining parchasi uning oyog'iga kelib tushgan edi. 

Uning o'zi: “Keyingi qutiga qarab harakatlanishni boshlaganimizda, qattiq zarbani his qildim-oyog'im uzilib ketgandek bo'ldi. Zo'rg'a gapirdim:”Grisha! Oyog'im parchalanib ketdi!” U tez orqaga surilib qaradi va sekin pichirladi:” Oyog'ing joyida!” Etigimni echishga urindi, ammo qo'lidan kelmadi”,-deb aytgan. 

Sergeyni shifoxonaga olib kelinganda faqat bir narsa haqida o'ylar edi:”Endi boks nima bo'ladi? Bunaqa oyoq bilan qanday qilib boks bilan shug'ullanaman?”. SHerbakovning jarohatini ko'rgan shifokorlar yara yiringlay boshlaganini aytishadi. Bokschi oyog'ini his qilmas: juda ishgan uning og'irligi 100 kilogrammday tuyular edi. 

SHifokorlarning qarori juda qo'rqinchli bo'ldi: amputaciya qilish kerak. SHerbakov: “Biroq men bokschiman. CHempion bo'lishga ulgurganim yo'q. Qanday qilib bir oyoq bilan uddalayman…”,-deb yalinar edi. SHifokorlar bu jarohat bilan faoliyati haqida emas, balki yashab qolishi haqida o'ylashi kerakligini aytishdi. Lekin Sergey keskin turib:” Boks-mening hayotim. Bokschi bo'lish uchun irodam etarli bo'ldi, demak, hayotdan ketishga ham etadi”,_deb javob berdi. 

Sergeyni operaciya qilishdi va ertalab u yaralangan oyog'i bint bilan bog'langanini ko'rdi. Oyog'ini kesib tashlashdi, deb o'ylab qo'rqib ketdi, lekin barmog'ining bir qismi chiqib turganini ko'rib tinchlandi. SHifokorlar uni ogohlantirib:”Sening talab va qo'rquving sabab jarohating gangrenaga aylanib, oyog'ing bilan o'zing ham narigi dunyoga ketishing mumkin-deb takidlashdi. 

SHerbakov nogiron bo'lib qolishi mumkin edi, biroq u oyoqqa tura oldi va 52-yildagi Olimpiadada kumush medalni qo'lga kiritdi 

SHerbakov yashab qoldi, lekin oyog'i deyarli harakatlana olmas va doimiy og'riqlardan azoblanar edi. SHifoxonada yotganida Sergeyni bemorlar deyarli jinniga chiqarib qo'yib: “Yaxshiroq mashq qil yoki qanday qilib aravachada yurasan”,-deb gapirishardi.

SHerbakov uzoq vaqt davolandi, lekin oyoqqa tura oldi. SHifoxonadan chiqqaniga 2 oy bo'lganida yana ringga ko'tarildi. 1944-yilda o'rtayarim vazn toifasida SSSR ning chempionlik kamarini qo'lga kiritdi hamda 1953-yilgacha o'zida saqlab qola oldi. 

SHerbakov frontga ikki do'sti bilan birga ketgan edi, biroq ikkalasi ham halok bo'ldi. Ketishdan oldin ular qaysi biri tirik qolsa, o'sha odam qayg'uli xabarni yaqinlariga aytishga kelishib olishgandi. Bu majburiyat Sergeyning elkasiga tushdi va farzandlarini yo'qotgan onalarga xat yozdi. 

Akasi Vyacheslav ham urushdan tirik qaytdi, u yaxshi bokschi bo'lmagani sababli tez-tez mag'lubiyatga uchrar hamda urushgacha bo'lgan vaqtda ham kichkina ukasining soyasida qolib ketgan edi. Vyacheslav frontda bir qo'lini yo'qotgan va endi nima qilishini bilmas edi. Keyin zavodga mexanik bo'lib ishga kirdi (hammasini bir qo'li bilan bajargan), undan keyin boks bo'yicha yaxshi murabbiy bo'ldi. 

1952-yil SSSR jamoasi tarkibida SHerbakov ham Xelsinkidagi Olimpiadaga jo'nab ketdi. Musobaqada Sergey kumush medalni qo'lga kiritdi. Bu nohaqlik bo'lgani haqida ko'pchilik gapirdi. 

O'zining xotiralarida SHerbakov Olimpiada tartibsiz bo'lganini, Irlandiya va Italiyalik hakamlar sovet bokschilarini yoqtirmaganini yozgan. SSSR qarshilik bildirdi, biroq deyarli hech narsa o'zgarmadi. Sovet bokschilari g'alabani shunday qo'lga kiritishlari kerakki, hatto sudyalar ham buni inkor qila olmasliklarini tushunib etishdi. 

Olimpiada o'yinlarida qatnashish omadsiz bo'ldi, birinchi o'rinni AQSH egalladi, sovet bokschilari esa bironta ham oltin medal qo'lga kirita olishmadi. Boksdagi hakamlarning nohaqligini hattoki evropalik jurnalistlar ham ko'rsatib berishdi.

Sergeyning gaplarini francuz gazetalarida: “ G'oliblik millatga va kayfiyatga qarab aniqlandi”,-deya yozib chiqishdi. 

1953-yilda SHerbakov Polshada bo'lib o'tayotgan Evropa chempionatida qatnashdi. Finalda yana Xyxle bilan qarama-qarshi keldi. Bu safar jang bir tomonlama bo'ldi, sovet bokschisi Zygmuntni hammaning ko'z o'ngida er tishlatdi. 

Sergey birinchi raunddayoq Xyxleni deyarli nokaut qilgan edi, biroq u turib jangni davom ettirdi. SHerbakov ikkinchi raundda yanada yaxshi harakat qildi. Uchinchi raundda ikkala jangchi ham charchab qoldi, natija durrang bo'ldi. Jang nihoyasiga etganda Sergey juda xursand edi, muxlislari gul berishar, hattoki raqibi ham uni qo'lini siqib g'alaba bilan tabrikladi.

Oltin medal deyarli cho'ntakda edi. Hakam qarorini kutmasdan jurnalistlar uni o'rab olgan, hamma uni tabriklab gul bera boshladi. Biroq… diktor natijalarni aytdi, hakamlar Xyxleni g'olib deb elon qilishdi. 

SHerbakovning yuzida hech qanday o'zgarish sezilmas edi, u raqibining yoniga borib g'alaba bilan tabrikladi. Hakam qarori bokschi uchun qonun edi va Sergey ham hech narsa demadi. Biroq Xyxle unga g'oliblik uchun berilgan buketni yugurib borib Sergeyga berdi. 

SHunday qiyin vaziyatlarda ham SHerbakov mashg'ulotlarni to'xtatmadi. Ertangi kun odatdagiday boshlandi: mashq qilish, 12 kilometrga kross yugurish, qop bilan ishlash. 

Bokschi 35 yoshga kirdi va u oltinga qaytadan harakat qilishni boshlamaslikni hamda ketish vaqti etganini his qila boshladi. SHerbakov yana bir marta SSSR chempionatida qatnashdi, o'ninchi marta chempion bo'ldi va shundan keyin murabbiylik qilishni boshladi. 

SHerbakovning faoliyati ajoyib bo'ldi: SSSR jamoasining asosiy murabbiysi bo'ldi va Melburun-56 da g'alabaga erishdi. Sergeyning tayyorlov rejasi ish berdi: “Kecha qanday ishlagan bo'lsam, bugun hamma shunday ishlashi kerak”. Bu o'zining natijasini ko'rsatdi: sovet bokschilari AQSH va Buyuk Britaniyani ortda qoldirib uchta oltin medalni qo'lga kiritdi. 

SHerbakov faoliyati davomida 227 ta jangdan 207 tasida g'alabani qo'lga kiritgan, urushda ko'rsatgan qahramonligi uchun “Harbiy xizmatlari uchun”, “Jasorati uchun” medallarini olgan. Bokschining birinchi mukofoti dushman aloqasini buzgani, jarohat olgani uchun berilgan. Ikkinchisini esa dushmanning oziq-ovqat etkazib beradigan poezdini yo'q qilgani hamda front chizig'idan yarador hamkasbini ko'tarib kelgani sabab berishgan. 

SHerbakov 1994-yilda 75 yoshida vafot etdi. U Olimpiada chempioni bo'la olmadi, biroq sportdagi g'alabadan ham katta ishlarni amalga oshirdi. Biz SHerbakovni urush qahramoni,  sportga qaytish uchun o'limga ham tayyor inson sifatida, shuningdek, o'zidan qoldirgan “Bokschining xotiralari” memuari bilan esda saqlaymiz.


Sports.ru sayti asosida Ozoda Qayumova tayyorladi



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: