SportUz.Net
photo photo

Lukaku «Chelsi» tarixidagi eng qimmat transferga aylandi

13.08.2021 07:31    


Rasmni yuklab olish

«Chelsi» hujumchi Romelu Lukakuni qaytarganini e’lon qildi. Londonliklar «Inter»ga 115 million yevro to‘lashdi. Bu «Chelsi» uchun yangi rekord bo‘ldi. Klubning oldingi rekordi 2020 yilning sentyabrida o‘rnatilgandi.  

Londonliklar «Bayer» yarim himoyachisi Kay Havers uchun 80 million yevro to‘lashgandi, bundan tashqari bonuslarni hisobga olganda yana 20 million yevro qo‘shilgandi.

Belgiyalik futbolchi «Inter»da 2019 yildan buyon o‘ynadi. O‘tgan mavsumda forvard A Seriyada 36 o‘yin o‘tkazib, 24 gol urdi  va 11 golli uzatmani amalga oshirdi. «Inter» tarkibida u Italiya chempioniga ham aylandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: