Agar Tokioga qadar qandaydir savollar bo'lgan bo'lsa, endi esa barchasiga nuqta qo'yildi. U Tokiodagi muhim finalda asosiy raqibi Kayl Snayderni mag'lub etdi, balki bu sport turini yangi bosqichga olib chiqmoqda. O'z natijalari bilan barchani erkin kurashni kuzatishga majbur qilmoqda.
Sadullaev va Snayderning qarama-qarshiligi - afsonaga aylanib bormoqda. Ularning har ikkisi 25 yoshda, ularning to'qnashuvlari tarixda afsona bo'lmoqda
Abdulrashid -86 kg vaznda barchani yanchib tashladi. Riodagi natijalari orqali u haqida gapirishga majbur qildi. Uning Riodagi bahslariga bir nazar solsa:
- 1/8 final: 10:0, jang muddatdan avval yakunlangan.
- 1/4 final: 5:0 hisobida
- Yarim final: 8:1 hisobida amaldagi Olimpiya o'yinlari g'olibini mag'lub etdi.
- Final: 5:0 hisobida mag'lub etdi.
Etibor bering, Rio davomida Sadullaev raqiblariga bittagina ochko berdi. Riodan so'ng esa vaznini 11 kg.ga oshiridi va -97 kg vazn toifasiga o'tdi. Bu vaznda esa Kayl gegemonlik qilayotgan edi.
Sadullaevdan so'ng barcha Kayl va Abdulrashid qarama-qarshiligi haqida gapirishni boshlashdi. Birinchi final esa uzoq kutirmadi va 2017 yilda bo'lib o'tgan jahon chempionatining finaliga to'g'ri keldi. Finalda esa Abdulrashid 5:6 hisobida mag'lub bo'lgan edi.
Revansh esa bir yildan so'ng sodir bo'ldi va bu to'qnashuv ham Jahon birinchiligining finalida sodir bo'ldi. Barcha bu finaldan katta to'qnashuv ko'rishgandi, biroq bir yil avvalgi Abdurashid ancha o'sishga erishganini isbotladi va 73 soniyaning ichida raqibini muddatdan avval mag'lub etdi. Abdulrashid ikkinchi final uchun juda qattiq tayyorgarlik ko'rdi. U bir kunda uch mahal mashg'ulot olib borgan.
Sadullaev va Snayder o'rtasidagi trilogiya Tokio Olimpiya o'yinlariga to'g'ri keldi. Finalga qadar ham rossiyalik barcha raqiblarini "bosib" o'tib ketdi va bir ochko yo'qotmasdan finalga qadar etib keldi. Finalda esa barcha kurash muxlislarning kutgan bahsi sodir bo'ldi. Sadullaev to'qnashuv boshida olti ochko oldi, keyin esa bemalol harakat qilishni boshladi va raqibiga uch ochko berdi. Bundan ortig'iga esa Snayderning kuchi etmadi.
Sadullaev har tomonlama kuchli. U yangi vaznga o'tdi va u erda ham gegemonlik qildi. Xatolaridan to'g'ri xulosa chiqara oladi va gilamda o'z xukmdorligini o'rnata oldi
Sadullaev nega eng kuchlisi?
Birinchidan, u o'zi uchun qulay bo'lgan -86 kg vazn toifasidan voz kechdi va yangi chaqiruvni qabul qildi. Bir yo'la 11 kg vazn tepaga ko'tarilishdan qo'rqmadi.
Ikkinchidan, Sadullaev faoliyati davomida bittagina bahsda mag'lub bo'lgan. Bu mag'lubiyatdan esa sportchi o'z ustida ishladi va xatosidan to'g'ri xulosa chiqara oldi.
Uchinchidan, uning janglari juda ham qiziqarli va yorqindir. U har tomonlama kuchli va muxlislarni o'ziga qarata oldi.
To'rtinchidan, Abdulrashid gilamdan tashqarida ham ko'pchilik uchun o'rnak bo'lishga arziydi...
Nima bo'lgan taqdirda ham Abdulrashid Sadullaev barcha davrlarning eng kuchli kurashchilardan biri!
Nig'monxo'ja Nozimov tayyorladi
O'n ikki nafar aralash yakkakurash ustamiz MMA bo'yicha jahon chempionatining finalida
O'n bir nafar aralash yakkakurash ustamiz MMA bo'yicha jahon chempionatining finalida