SportUz.Net

photo photo

4,5 metr balandlikdan yiqilib, shifokorlar tomonidan hayoti saqlab qolingan 13 yoshli qiz - Tokio shohsupasida

05.08.2021 19:34    


Rasmni yuklab olish

4 avgust kuni Tokioda skeytbord bo'yicha ayollar o'rtasida navbatdagi musobaqa bo'lib o'tdi.

Birinchi va ikki o'rinni yaponiyalik sportchilar egallashdi: 19 yoshli Sakura Yosodzumi oltin, 12 yoshli Kokona Xiraki kumush.


Qo'rqmas qizaloqning hikoyasi 

Bronza medalini 13 yoshli britaniyalik Skay Braun qo'lga kiritdi va uning hikoyasi - bu syujet! 

Skay - dunyodagi eng mashhur skeytbordchilardan biri. U 8 yoshida birinchi marta kattalar o'rtasida Vans US Open musobaqasida qatnashdi. Braun dunyoda birinchi bo'lib bazi murakkab elementlarni amalga oshira oldi.

Lekin bir yil oldin mashg'ulotlardan biri Skay uchun fojia bilan tugashi mumkin edi: yosh skeytbordchi traektoriyani hisoblamadi va 4,5 metrdan to'g'ridan-to'g'ri betonga qulab tushdi. Braun o'ta og'ir jarohat oldi: bosh suyagi va qo'lining sinishi. SHifokorlar tuni bilan qizning hayoti uchun kurashdilar va uni qutqarib qolishdi. 


Og'ir jarohatlardan so'ng, Skay skeytbordni tashlamadi: ushbu voqeadan ikki oy o'tgach, u 30 metrga etadigan balandlikni zabt etdi.

Olimpiadada Skay favorit edi, lekin dastlabki ikkita urinishi muvaffaqiyatsiz tugadi. Uchinchi urinishda, Braun diqqatini bir joyga jamladi va kuchli uchlikka kirishga imkon beradigan chiqishni amalga oshirdi.


«Men nihoyatda baxtliman. Nafaqat o'zim uchun, balki yonimdagi qizlar uchun ham. Sakura - mening eng yaxshi do'stlarimdan biri va Kokona bilan ham yaxshi munosabatdamiz», - dedi Braun o'z chiqishidan so'ng.

Skayning You Tube`da kanali bor, u erda Braun o'z hayotida sodir bo'layotgan barcha voqeliklarni joylab boradi. Vloglar, chiqishlaridan videolar va shuningdek, o'tgan yili sodir bo'lgan baxtsiz hodisani ham kanaliga joylagan. 2020 yilda bu qizaloq o'zining "GIRL" qo'shig'iga videoklip chiqardi, u allaqachon 3,5 milliondan ortiq ko'rilgan.


sports.ru sayti asosida Xurshida Abdikulova tayyorladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: