Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi Instagramdagi o‘zining sahifasiga Amerika kubogi sovrini bilan tushgan suratini joyladi.
Ayni paytga kelib ushbu suratga "layk" bosganlar soni 20 milliondan oshdi. Bu esa sport bilan bog‘liq rasmlarga bosilgan "layk"lar soni bo‘yicha rekord hisoblanadi. Instagram bo‘yicha esa bu oltinchi natija.
Shu tariqa, Messi "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduga tegishli rekordni yangiladi. Portugaliyalik futbolchining Diyego Maradonaga bag‘ishlab yozgan posti sport mavzusida rekord bo‘lib turgandi.
Eslatib o‘tamiz, Kopa Amerika Messi uchun Argentina terma jamoasi tarkibidagi ilk sovrin hisoblanadi.
UFC 315: Bilol Muhammad va Valentina SHevchenko kamarini himoya qiladi (ONLAYN NATIJALAR)
Bilol yoki Maddalena? SportUz.Net jurnalistlari UFC 315 markaziy jangi uchun taxmin bildirishdi