SportUz.Net
photo photo

Tavsiya qilamiz! Xabibni mag'lub deb hisoblasa bo'ladigan jangi bor

08.02.2021 12:35    


Rasmni yuklab olish

O'shanda Xabib biror marta teykdaunlarni amalga oshira olmagan, raqibi esa Xabibni ag'darishga erishgan edi.

Getji shu haqida esladi.

SHu hafta oxirida Xabib Nurmagomedov o'zining fantastik rekordini o'rnatishi mumkin. Agar Xabib jangda g'alaba qozonsa, 29-0 hisobini o'rnatadi. Marhum otasining rejalariga ko'ra Xabib 30-0 dan so'ng o'z faoliyatini tugatishi kerak. 

Xabibning statistikasidagi "0" uning UFCdagi ikkinchi jangidayoq barbod bo'lishi mumkin edi. 2012 yilning 7-iyul sanasida yosh Xabib tajribali Gleyson Tibauga qarshi oktagonga chiqqandi. 

O'shanda dog'istonlik jangchi hakamlar qarori bilan g'alaba qozongandi. Ammo, Getji, Toni Fergyuson, Gleyson Tibua va ko'pchilikning fikricha, Xabib o'shanda mag'lub bo'lgan.

O'sha kecha Xabibning o'zi ham g'alaba qozonganiga shubha qilgan edi.

Rostan ham bu jang shubhali natija bilan tugagan. Hatto, Jo Rogan va Mark Goldberg jang davomida Xabibga bu jang katta maktab bo'lgani, uni mag'lub bo'layotganini takidlashgan. 

"Bu to'qnashuv yosh jangchiga katta maktab bo'layapti. SHunday tajribali jangchi bilan chiqib jang qilishiga qoyil qolishi kerak. Xabib kuchliroq bo'lib qaytadi», -degan edi Jo Rogan. 

Ammo jangda kutilmaganda Xabib g'alaba qozonadi. Hattoki, jangchi o'z intervyusida natijadan hayratlanganligini aytgan edi. 

"Natija elon qilinayotgan paytda 80%ga uning g'alabasini taxmin qilgan edim. U tajribali jangchi. Jangni qayta tomosha qilganimdan so'ng esa g'alaba qozonganimni tushundim. Qo'limni ko'tarishganda men shunchaki shok holatida edim", - degan edi Xabib Nurmagomedov. 


Bugungi kunda o'sha jang Xabib raqiblarining asosiy quroli hisoblanadi. Birinchi bo'lib Toni Fergyuson o'sha jang haqida esladi. 

"Xabib juda zaif. Uning Tibau bilan o'tkazgan jangini ko'ringlar, keyin esa men Tibau bilan nima qilganimni ko'ringlar. Men Xabibning Yakvinta bilan jangini arenadan turib tomosha qildim va u haqida hammasini tushundim", - deydi Toni. 

Eslatib o'tish kerak, Fergyuson Tibau bilan Xabibdan uch yil keyin jang qilgan. Toni ikki yarim daqiqada Tibau masalasini hal qilgan edi. 

Hozir esa, Fergyusonning gaplariga Getji ham qo'shilmoqda. 

"O'ylashimcha, Xabib o'sha jangni boy bergan. Men shunday hisoblayman", - deydi Getji. 


Aslida-chi? Aslida o'sha jangda nima bo'lgan edi?

Birinchidan, bu jang Xabib raqibini biror marta parterga yiqita olmagan yagona jang hisoblanadi. Nurmagomedov 13 marta buni amalga oshirish uchun harakat qiladi, ammo biror marta buning uddasidan chiqa olmaydi. Aksincha, Tibau Xabibni yiqitib 8 soniya parterda vaziyatni nazorat qiladi. O'sha paytda ularning vazni o'rtasidagi farq sezilarli bo'lgan. 

"Mening vaznim jang oralig'ida 95-96 kg edi. 24 soat ichida men 10-12 kg, agar yaxshiroq harakat qilsam 15 kg vazn tashlashim kerak edi. Xabib bilan jangda men taxminan 84 kg vaznda edim", - deb eslaydi Tibau.

Abdulmannop Nurmagomedov bu jangni quyidagicha eslagandi:

"Bu Xabibning ikkinchi jangi bo'lgan. Uning vazni bu jangda 77 kg edi. U 5 kg vazn tashlagan va janggacha 75-76 kg vaznga qaytgan edi. Tibua o'sha payt 84 kg edi. Ular o'rtasidagi farq sakkiz kilogramm edi. Bu umuman boshqa vazn toifalari. Biz juda ko'p ishladik. Tayyorgarlik davomida to'rt marta dietologga murojaat qilgandik". 

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Xabib o'zidan tajribaliroq va og'irroq jangchini parterga ololmadi, shu bilan birga raqibiga ham hech nima qilish imkonini bermadi. Bu jang Tibauning 35-jangi edi. 

"Vazn o'lchash marosimida Gleyson menga juda katta ko'rindi. Qanday qilib vazni ortiqcha emasligiga hayron qoldim. Ertasi kuni jangda u yanada kattaroq ko'ringandi", - eslaydi Xabib Nurmagomedov. 

Xabibning mag'lubiyati haqidagi gap so'zlarni ko'paytirgan ikkinchi sabab bu – zarbalar soni. Rasmiy statistika bo'yicha Gleysonning 110 zarbasidan 46 tasi aniq bo'lgan. Xabibning 112 zarbasidan 33tasi o'z manziliga etib borgan. Ammo, pressing, markaz nazorati, raqibni setkaga tirash kabi boshqa jihatlar ham natijaga tasir qilgan.

Birinchi raund o'rtalaridan Xabib markazni egallaydi. Har safar parterga olishga urinishlardan so'ng Xabib Gleysonni burchakka taqaydi. Umumiy hisobda 4 daqiqa 26 soniya Xabib nazoratida o'tgan bo'lsa, Tibau bor yo'g'i 17 soniya nazoratni qo'lga oladi. 

Tibua butun jangni setkaga tiralgan holda o'tkazadi, Xabib tinmay bosim qiladi. SHu sababli oxirgi natija: 112:110 Xabib foydasiga bo'ladi. Gleyson 13 ta zarba ko'proq berganiga qaramasdan jangdagi nazorat tufayli hakamlar Xabib Nurmagomedovni g'olib deb topishadi.  SHunga o'xshash vaziyatning yorqin misollaridan biri: Jon Jonsning so'nggi janglari. Ularda amerikalik jangchi nazorat hisobiga g'alabalarga erishmoqda. 

Xabib shunchaki bu jangni mutloq nazoratda o'tkazmagandi. Jang tengma-teng kechgandi. 

O'tgan yili Gleyson shu jangga to'xtalgandi:

"Hamma shu haqida gapiryapti. Men o'sha jangda g'alaba qozongan edim. Hozirda men Xabib bilan do'stman. Men unga "Sen o'sha jangda yutqazgan eding", - deb aytaman, u esa "bo'lishi mumkin, bo'lishi mumkin", - deydi. Jang rostan ham tengma-teng kechgandi. Men Xabibning teykdaunlaridan qochgandim. Unga juda ko'p zarbalar bergandim. Hamma meni g'alaba qozonganimni takidlaydi".

Xabib bu gaplarga javob qaytargani yo'q. Balki, Xabib Nurmagomedov faxriy jangchini xafa qilishni xohlamagandir.


sports.ru sayti asosida Jalolxon tayyorladi



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: