SportUz.Net
photo photo

Ular Tokioga borishadi: Faoliyatini boksdan boshlagan bosqon uloqtiruvchimiz Suhrob Xo'jaev

26.06.2021 08:00    


Rasmni yuklab olish

Bugun engil atletikaning bosqon uloqtirish yo'nalishida Olimpiya o'yinlari yo'llanmasiga ega bo'lgan Suhrob Xo'jaev haqida hikoya qilamiz.

Suhrob Rustamovich Xo'jaev 1993 yil 21 may kuni tavallud topgan. 2010 yildan terma jamoamiz tarkibida ishtirok etmoqda. Dastlabki murabbiyi Andrey Abduvaliev, hozirda SHamil Kapkaev qo'l ostida Olimpiya o'yinlariga hozirlik ko'rmoqda.

Suhrob yoshligida dastlab boks bilan shug'ullanadi, shundan so'ng engil atletikaning avval disk, keyinchalik bosqon uloqtirish yo'nalishlarida o'z omadini sinab ko'radi.

2012 yil Xo'jaev uchun omadli bo'ladi. Dastlab yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida bronza medalini qo'lga kiritgan atletimiz keyinchalik London-2012 Olimpiadasiga yo'llanma qo'lga kiritadi. Keyinchalik Rio-2016 Olimpiadasida ham mamlakatimiz sharafini himoya qilgan.

2014 yil Osiyo o'yinlarida beshinchi natijani qayd etdi. 4 yil o'tib, Indoneziyada kumush medal sohibiga aylandi. 2019 yil Doxada o'tgan Osiyo chempionatida 72.85 metr natija bilan bronza medaliga ega chiqdi.

8 iyun kuni Qozog'istonda o'tgan xalqaro musobaqada 77.57 (normativ 77.50) metr ko'rsatkich bilan Tokio-2020 normativini bajardi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: