Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevropa chempionatining 2-turi doirasida Germaniyaga qarshi bo‘lib o‘tgan bahsda bitta gol muallifiga aylandi.
"Opta Sports" tarqatgan xabarga ko‘ra, mazkur gol portugaliyalik futbolchi uchun Jahon va Yevropa chempionatlarining final bosqichidagi 19-gol bo‘ldi. Krishtianu mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha rekordchi bo‘lib turgan Miroslav Klozega yetib oldi.
Ronaldu bu borada Gerd Myuller (18 gol), Yurgen Klinsmann (16) va Mishel Platini (14)ni ortda qoldirgan.
Debyut chiqishida raqibini quvlab, nokautga uchratgan Ramazon Temirovning jangidan FOTOGALEREYA