SportUz.Net
photo photo

Meyvezer bir haftada umumiy bahosi 1 mln dollarlik 9 ta "toychoq" sotib oldi

08.06.2021 12:00    


Rasmni yuklab olish

Boks afsonalaridan biri, beshta vaznda sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer dunyo ahlini hayratga solishda davom etmoqda.

Amerikalik bokschi so'nggi bir hafta ichida 9 ta avtomobil xarid qildi va bunga 1 million dollar sarfladi. Bu malumotni Las-Vegasdagi avtosalon egasi ham tasdiqladi. Floyd bu mashinalarni o'zi, oila azolari va yaqinlari uchun sotib olgan. 

Aniqrog'i, Meyvezer ikkita Rolls-Royce Ghost, Mercedes S560, Maybach, Dodge Journey, Dodge Charger va uchta Dodge Challenger markali mashinalarni xarid qilgan. Umumiy hisobda u o'tgan yillar davomida ushbu avtosalondan jami 157 ta mashina sotib olgan. Ulardan eng ko'pi Rolls-Royce — 29 ta!

Floyd Meyvezer avtomobillar kollekciyasiga juda ham qiziqadi. Uning garajida lyuks markali avtomobillar - Ferrari, Bugatti, Lamborghin va Rolls-Royce ko'pchilikni tashkil etadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: