"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski Germaniya chempionatining yakunlangan mavsumidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bundesliga o‘yinchilari o‘rtasidagi o‘tkazilgan so‘rovnomada u eng ko‘p ochko ovoz to‘pladi — 75,9%.
Ikkinchi pog‘onani "Dortmund" forvardi Erling Xoland (7,1%) egallagan bo‘lsa, Tomas Myuller (3,5%) kuchli uchlikka kirdi.
Levandovski beshinchi marta Bundesliganing eng yaxshi o‘yinchisi sovrinini qo‘lga kiritdi. Avvalroq 32 yoshli futbolchi 2013, 2017, 2018 va 2020 yillarda eng yaxshi futbolchiga aylangan edi.
Robert mavsum-2020/21da Germaniya chempionati doirasida 29ta uchrashuvda maydonga tushib, 41ta gol muallifiga aylandi. Natijada u "Oltin butsa" sohibiga aylandi.
Mayk Tayson kichik bo'yiga qaramay nima evaziga og'ir vaznda etakchi bo'lganini aytdi
O'zbekiston chempionati. Qaysi jamoa bokschilari umumjamoa hisobida birinchi bo'ldi? (reyting)
Petr Yan: "30 nafar mustaqil hakamdan 28 nafari men O'Mellidan kuchli ekanligimni qayd etdi"