SportUz.Net
photo photo

Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi va mavsum ramziy terma jamoasi aniqlandi

31.05.2021 00:00    


Rasmni yuklab olish

«Chelsi» yarim himoyachisi Ngolo Kante Chempionlar Ligasi final bahsi yakuni bo‘yicha haftaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

«Manchester Siti»ga qarshi kechgan o‘yinda (1:0) fransiyalik futbolchi uzatmalarining 86 foizini aniq amalga oshirdi.

Ushbu nom uchun quyidagi futbolchilar ham kurash olib borgandi:

Ris Jeyms («Chelsi») — 78% uzatmalar aniqligi, 3 ta yakkakurashlarda ustunlik;
Filip Foden («Manchester Siti») — 84% uzatmalar aniqligi;
Kay Xaverts («Chelsi») — 1 ta gol.

Shuningdek, UYEFA mavsumning ramziy (fentezi) terma jamoasini ham e’lon qildi. Undan finalchilar «Chelsi» va «Manchester Siti»ning to‘rt nafardan o‘yinchisi o‘rin oldi.

Darvozabon: Eduard Mendi («Chelsi»);

Himoyachilar: Sesar Aspilikueta, Antonio Ryudiger ( ikkisi — «Chelsi»), Ruben Diash, Kayl Uoker (ikkisi — «Manchester Siti»);

Yarim himoyachilar: Fil Foden, Ilkay Gundo‘g‘on (ikkisi ham «Manchester Siti»), Jorjinyo («Chelsi»);

Hujumchilar: Kilian Mbappe («PSJ»), Erling Holand («Borussiya D»), Muhammad Saloh («Liverpul»).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: