«Nyukasl» yarim himoyachisi Jo Uillok Angliya Premyer Ligasining may oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.
Angliyalik futbolchi may oyida Premyer Ligada to‘rtta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol muallifiga aylandi.
Mazkur sovrin uchun shuningdek, quyidagi futbolchilar kurash olib borgandi:
Garet Beyl («Tottenhem») — 5 o‘yinda 5 ta gol;
Alisson («Liverpul») — 5 o‘yinning 3 tasi «quruq» va 1 ta gol;
Kristian Benteke («Kristal Pelas») — 5 o‘yinda 4 ta gol;
Sadio Mane («Liverpul») — 5 o‘yinda 3 ta gol va 2 ta assist;
Nikolya Pepe («Arsenal») — 4 o‘yinda 5 ta gol;
Aaron Remsdeyl («Sheffild») — 5 o‘yinning 2 tasi «quruq»;
Rodrigo («Lids») — 5 o‘yinda 4 ta gol va 1 ta assist.
Shuningdek, Premyer Liga oyning eng yaxshi murabbiyi nomini ham e’lon qildi. Unga ko‘ra «Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp g‘olib deb topildi. Mersisayd klubi germaniyalik mutaxassis qo‘l ostida 5 o‘yin o‘tkazib, ularning barchasida zafar quchdi.
Mazkur sovrin uchun quyidagi murabbiylar kurash olib borgandi:
Mikel Arteta («Arsenal») — 5 o‘yinda 5 g‘alaba;
Marselo Byelsa («Lids») — 5 o‘yin 4 g‘alaba va bir mag‘lubiyat;
Devid Moyes («Vest Hem») — 5 o‘yinda 3 g‘alaba, bittadan durang va mag‘lubiyat.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida «Nyukasl» bosh murabbiyi Stiv Bryus oyning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan bo‘lsa, «Vest Hem»da ijarada o‘ynayotgan Jessi Lingard eng yaxshi futbolchi nomiga loyiq ko‘rilgandi.
Xoakin Bakli o'z vaznidagi top UFC jangchilarini yaxshisidan yomoniga tomon o'rinlarga qo'yib chiqdi
UFC on ESPN 69 turniri jangchilari taroziga chiqdi. Usman va Bakli bir xil vazn ko'rsatdi