SportUz.Net
photo photo

Emeri bunday natija qayd etgan ilk murabbiyga aylandi

27.05.2021 10:00    


Rasmni yuklab olish

26 may, chorshanba kuni Yevropa ligasining final bahsi bo‘lib o‘tdi. Gdansk shahrida bo‘lib o‘tgan «Vilyarreal» va «Manchester Yunayted» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha vaqti durang bilan yakunlangan bo‘lsa, penaltilar seriyasida ispaniyaliklar 11:10 hisobida g‘alaba qozonishdi.

"Sariq suvosti kemasi" bosh murabbiyi Unai Emeri ushbu musobaqada to‘rtinchi marta g‘olib chiqdi. Bu esa UEFA kubogi / Yevropa ligasi tarixida murabbiylar o‘rtasida mutlaq rekord hisoblanadi. Avvalroq u «Sevilya» boshqaruvida ketma-ket 3 marta (2013/14, 2014/15, 2015/16) sovringa ega chiqqan edi.

Italik mutaxassis Jovanni Trapattoni 3 marta («Yuventus» — 1977, 1993; «Inter» — 1991) UEFA kubogini qo‘lga kiritgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: